Jamiyat | 14:19 / 01.07.2017
23327
2 daqiqa o‘qiladi

Zarafshon daryosiga o‘zini tashlagan qiz FVV xodimlari tomonidan qutqarib qolindi

Foto: Fvv.uz

2017 yilning 29 iyun kuni Buxoro viloyati Jondor tumanining Zarafshon daryosi bo‘yida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi komandiri mayor G‘. Safayev boshchiligida mahalliy aholiga taqiqlangan hududlarda cho‘milishning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda edi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Profilaktik tadbir o‘tkazish vaqtida noma'lum shaxs G‘.Safayevga Zarafshon daryosining ular turgan joyga yaqin hududida noma'lum bir qiz o‘zini suvga tashlaganligi va cho‘kib ketganligini ma'lum qildi. 

Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borib qidiruv-qutqaruv ishlariga kirishdilar. Tezkorlik bilan surushtiruv ishlarini olib borib guvohlardan qizning aniq suvga tushgan joyini belgilab oldilar.

O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida cho‘kkan qiz topildi va hayoti saqlab qolindi. Qutqaruvchilar jabrlanuvchining yurak urishi to‘xtaganligini aniqlagach, darhol birinchi yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirdilar. Jabrlanuvchi nafas olishni boshlagach, qutqaruvchilar uni yo‘lovchi mashinada tuman tibbiyot birlashmasiga olib bordilar. Yo‘l davomida jabrlanuvchiga bir necha bor yordam ko‘rsatildi. Tibbiyot birlashmasida malakali yordam ko‘rsatilib, qiz hushiga keltirildi.

Mavzuga oid