15:40 / 02.07.2017
8484

Damashqdagi portlash qurbonlari soni ortmoqda

Foto: AFP

Suriya poytaxti Damashq shahrida sodir etilgan portlash qurbonlari soni 18 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.

Bundan avvalgi xabarlarda terakt qurbonlari soni 8 nafar, jarohatlanganlar soni 12 nafar ekani aytilgandi. 

Xavfsizlik kuchlari tomonidan ta'qib etilgan terrorchi-xudkush maydonda minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgani bildirilmoqda. 

Reuters manbalariga ko‘ra, rasmiylar tomonidan jami 3ta minalashtirilgan avtomobil aniqlandi. Ulardan ikkitasi va ikki nafar jangari Damashq g‘arbida yo‘q qilingan.

Top