Texnologiya | 18:10 / 02.07.2017
13192
1 daqiqa o‘qiladi

Ilk iPhone va iPhone 7 qurilmalari sinovdan o‘tkazildi

iPhone foydalanuvchilari va tahlilchilari "olma" gadjyetlarining turli modellarini turli parametrlarga ko‘ra sinab ko‘rishadi. SquareTrade sug‘urta kompaniyasi tahlilchilari birinchi iPhone va iPhone 7 qurilmalarini o‘zaro taqqolashdi. "Gazeta Daily" shu haqida ma'lum qildi.

Ekspertlar ikki modelni ham suvga solib, asfaltga tashlab, sinab ko‘rishdi. Kutilagindek, iPhone'ning eng birinchi qurilmasi suvga chidamlilik testidan o‘ta olmadi, zero u ishlab chiqarilgan paytlar  IP67 standarti bo‘lmagan. Suv va changdan himoyalangan iPhone 7 esa ishchi funksiyalarini to‘liq saqlab qolgan.

Afsuski, asfaltga tashlash sinovidan ikki smartfon ham o‘ta olmadi. Ikkisiga ham ziyon yetdi, chunki iPhone'ning shisha ekranlari juda nozik bo‘ladi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева

Mavzuga oid