Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistonga qo‘shimcha 3 ming harbiy xizmatchisini yo‘llamoqchi
NATO mamlakatlari Afg‘onistondagi harbiylari sonini 12 mingdan 15 mingga oshirmoqchi. Shunday bo‘lsa-da, bu harbiylar janglarda ishtirok etishmaydi: tarkibni kuchaytirish NATOning joriy "Samarali qo‘llab-quvvatlash" (Resolute Support) missiyasi doirasida ro‘y beradi. Asia-Plus shu haqida xabar berdi.
"Bu yerda gap harbiy amaliyotlarda ishtirok etish haqida emas, afg‘onlarni kurash davomida qo‘llab-quvvatlash haqida boradi. Biz afg‘onlarga mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash uchun to‘liq mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishga yordam beramiz", - dedi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg 29 iyun kuni Bryusseldagi NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi davomida.
"Samarali qo‘llab-quvvatlash" missiyasiga 2015 yilning boshida start berilgan. Bugungi kunda alyans vakillari harbiy amaliyotlarda ishtirok etishmaydi. Ular mahalliy harbiylarni tayyorlash va ularga maslahat berish bilan shug‘ullanishadi. Stoltenberg bundan keyin ham shunday davom etishi kerakligiga urg‘u berdi.
Mavzuga oid
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:30 / 07.02.2026
Germaniyada Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirishi ssenariyci modellashtirildi
21:43 / 03.02.2026