13:05 / 11.07.2017
5335

Tailandda sayyohlar bo‘lgan avtobus to‘ntarilib ketdi

Tailandning Pxuket orolida 10 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00)da sayyohlar bo‘lgan avtobus to‘ntarilib ketdi. Avtobus ichida 36 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 31 nafari xitoylik sayyohlar.

Phuket News gazetasining xabar qilishicha, ikki kishi halok bo‘lgan va 29 nafari jabrlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus tormozi ishdan chiqqan hamda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, natijada avtobus to‘ntarilib ketdi.

Ta'kidlanishicha, bu so‘nggi ikki haftada yuz bergan ikkinchi shunday hodisadir. 30 iyun kuni sayyohlar bo‘lgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mototsiklga kelib urilgandi. YTH oqibatida bir inson halok bo‘ldi va yana 26 nafari jarohatlandi.

Top