"Tottenhem" himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi. Bugun shaharliklar 27 yoshli futbolchini transferini rasman e'lon qildi.
Uolker "Siti" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Himoyachi 2-raqam ostida maydonga tushadi.
"Manchester Siti" bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. Yangi jamoada faoliyatimni boshlashni intiq kutmoqdaman. Klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola dunyodagi eng hurmatga loyiq murabbiylardan hisoblanadi. U mening yangi bosqichga chiqishmda yordam berishini his qilmoqdaman", – dedi Uolker.
Avvalroq transfer narxi 50 mln funt sterlingni tashkil qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2016/17 yilgi mavsumda Uolker APLda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta golga mualliflik qilgan.