08:35 / 16.07.2017
7700

Erdo‘g‘an mamlakatda o‘lim jazosi tiklanishiga umid bildirdi

Foto: Kun.uz / Sherzod Ikramutdinov

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an parlament mamlakatda o‘lim jazosini tiklash bo‘yicha qonun loyihasini ma'qullashiga umid bildirdi.

«Agar o‘lim jazosini qaytarish haqidagi qonun parlamentdan o‘tsa, men uni tasdiqlayman. Ishonamanki, shunday bo‘ladi», degan u Anqaradagi 15 iyul voqealariga bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan miting vaqtida.

U birinchi navbatda «xoinlarning boshi olinishi» haqida gapirgan.

Bundan tashqari, dushanba kuni Turkiya parlamenti mamlakatdagi favqulodda holatni uzaytirish masalasini ko‘rib chiqadi.

15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyaning qator shaharlarida davlat to‘ntarishiga urinishga bir yil to‘lgani munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi. Istanbulda ham miting bo‘lib, unda prezident Erdo‘g‘an chiqish qilgan. Namoyishchilar 1 yil oldin isyonchi harbiylar va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuv ro‘y bergan Bosfor bo‘g‘ozi ustidagi ko‘prikka tomon marsh o‘tkazishdi.

Turkiyada 2016 yilning 15 iyuli oqshomida harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lishgandi. Isyon vaqtida to‘qnashuvlar vaqtida kamida 265 kishi halok bo‘lgan, 1500 kishi jarohatlangan. Isyondan keyin 6 ming kishi — zobitlar, jurnalistlar va sudyalar qamoqqa tashlangan, hukumat mamlakatda favqulodda holat joriy etgan.

Mavzuga oid
Top