Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston hukumati o‘zbek-tojik boks ustalarining sport tomoshasini bekor qildi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri ma'muriyati o‘zbekistonlik boks ustalari ishtirokidagi katta boks tomoshasini bekor qildi. Avval xabar berganimizdek, Maqsud Jumayev, Alisher Habibullayev, Humoyun Rustamov ishtirokidagi katta sport shousi shaharning "Ahorun" amfiteatrida 29 iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
Tojikiston professional boks federatsiyasining ma'lum qilishicha, tashkilot tomoshani o‘tkazishga ruxsat ololmagan. Dushanbe ijroiya hokimiyati maktubida qayd etilishcha, «Ahorun» madaniy-ko‘ngilochar davlat korxonasi sport musobaqalarini o‘tkazishga mo‘ljallanmagan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Tojikiston professional charm qo‘lqop ustalarining janglarini sport zallarida o‘tkazish tavsiya etilgan.
Shunga ko‘ra, Dushanbedagi «Ahorun» amfiteatridagi boks kechasi bo‘lib o‘tmaydi. Ayni vaqtda Tojikiston professional boks federatsiyasi janglarni boshqa maydonda o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026