08:14 / 26.07.2017
25297

Vazir o‘rinbosari yangi usuldagi kitobxonlik tanlovini o‘tkazishga qaror qildi

Foto: "Kun"

O‘zbekistonning eng yosh vazir o‘rinbosari davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida yangi tanlov e'lon qilmoqda. Alisher Sa'dullayev bolalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tanlov shartlari haqida o‘zining Facebook sahifasida axborot bergan

“Xabaringiz bor, so‘nggi marta Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurganimizda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha qator qiziqarli tanlovlarni o‘tkazish haqida kelishib olgan edik.

Demak, bugun mana shu va'daga sodiq qolgan holda, yangi kreativ usuldagi kitobxonlik tanlovini o‘tkazishga qaror qildik.

Tanlov shartlari judayam oson, unda o‘zbek va rus tillarida turli savollar beriladi, viktorina va qiziqarli shartlar o‘tkaziladi. Batafsil ma'lumotni Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

31 kun davomida har kuni 2 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Unga o‘zbek va rus tillarida eng sara asarlar sovg‘a qilinadi. Aytgancha, oy oxirida tanlovda mutlaq g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga shaxsan o‘zim sovg‘a beraman va Respublika bolalar kutubxonasi bo‘ylab kichik ekskursiya uyushtirishni rejalashtirganmiz.

Tanlovda ishtirok eting va kitobxonlik targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing!”, deyiladi Sa'dullayev postida. 

Top