Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Iks-variantlar bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham». DTM vakili barchasini inkor etdi

Davlat test markazi 1 avgust kuni o‘tkaziladigan imtihonlar oldidan abituriyentlarni ishontirishicha, hech qanday iks-variantlar mavjud emas, imtihonlar uchun tayyorlangan testlarning javoblari chiqarib yuborilmagan.
Davlat test markazi bo‘lim boshlig‘i Qayum Boymirov bugun bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston» telekanalining «Biz uchun muhim» tok-shousi vaqtida huquqshunos Xushnud Xudayberdiyevning savoliga javob qaytardi.
Savolda ayni vaqtda abituriyentlar orasida iks-variantlar tarqalgani haqida xabarlar borligi aytilgan, buni markaz qanday izohlashi so‘ralgandi.
«Ishonch bilan aytaman, Davlat test markazida test savollarini tuzadiganlar, tipografiyadagilar, test varaqalarini tayyorlashga jalb etilgan barcha mas'ul shaxslarning xalq bilan muloqoti 25 iyundan boshlab to‘xtatilgan. Test savollari yanada takomillashtirilmoqda.
Ishonch bilan aytamiz, abituriyentlar va ota-onalar bunday xabarlarga ishonmasligi kerak. Bunga ishonib bo‘lmaydi. Bunday iks-variantlar bundan avval ham bo‘lmagan», dedi Boymirov.
U o‘tgan yillar davomida turli shaxslar «iks-variantlar»ni tayyorlab, aldash yo‘li bilan sotganini ta'kidlagan.
Shuningdek, ko‘rsatuv so‘ngida boshlovchi Barchinoy Jo‘rayeva munozaraga taklif etilgan mas'ullardan 1 avgust kuni bo‘ladigan imtihonlarning shaffof va haqqoniy o‘tishini ta'minlash borasida va'da berishga chaqirdi.
DTM bo‘lim boshlig‘i iks-variantlar chiqmasligiga va'da berdi.
Tavsiya etamiz
G‘azo bosib olinmoqda: Isroil kim bilan urushyapti o‘zi?
Jahon | 23:00 / 16.09.2025
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Telefonga qaram bo‘lgan bola miyasining rivojlanishi susayadi – mutaxassis
Sog‘lom hayot | 22:12 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Albaniya parlamentida birinchi sun’iy intellekt - vazir nutq qildi
Fan-texnika | 23:51 / 18.09.2025
-
KXDR Rossiyadan atom suvosti kemalari texnologiyasini oldi – OAV
Jahon | 23:08 / 18.09.2025
-
Jazolangan chiptasiz yo‘lovchilar, ko‘chada “ismli davlat raqami” va kambag‘al oilalarga bepul dori – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:41 / 18.09.2025
-
Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashadi
O‘zbekiston | 22:17 / 18.09.2025
Mavzuga oid

12:11 / 25.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar

16:14 / 05.05.2023
Qabul boshlanishiga 1,5 oy qoldi – bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti?

18:26 / 27.03.2023
Imtihonda qo‘lga tushgan abituriyentlar kirish imtihonlaridan 5-7 yilgacha chetlashtirilishi rad etildi

16:27 / 30.08.2022