Davlat test markazi 1 avgust kuni ötkaziladigan imtihonlar oldidan abituriyentlarni işontirişiça, heç qanday iks-variantlar mavjud emas, imtihonlar uçun tayyorlangan testlarning javoblari çiqarib yuborilmagan.
Davlat test markazi bölim boşliği Qayum Boymirov bugun bölib ötgan «Özbekiston» telekanalining «Biz uçun muhim» tok-şousi vaqtida huquqşunos Xuşnud Xudayberdiyevning savoliga javob qaytardi.
Savolda ayni vaqtda abituriyentlar orasida iks-variantlar tarqalgani haqida xabarlar borligi aytilgan, buni markaz qanday izohlaşi söralgandi.
«Işonç bilan aytaman, Davlat test markazida test savollarini tuzadiganlar, tipografiyadagilar, test varaqalarini tayyorlaşga jalb etilgan barça mas'ul şaxslarning xalq bilan muloqoti 25 iyundan boşlab töxtatilgan. Test savollari yanada takomillaştirilmoqda.
Işonç bilan aytamiz, abituriyentlar va ota-onalar bunday xabarlarga işonmasligi kerak. Bunga işonib bölmaydi. Bunday iks-variantlar bundan avval ham bölmagan», dedi Boymirov.
U ötgan yillar davomida turli şaxslar «iks-variantlar»ni tayyorlab, aldaş yöli bilan sotganini ta'kidlagan.
Şuningdek, körsatuv söngida boşlovçi Barçinoy Jörayeva munozaraga taklif etilgan mas'ullardan 1 avgust kuni böladigan imtihonlarning şaffof va haqqoniy ötişini ta'minlaş borasida va'da berişga çaqirdi.
DTM bölim boşliği iks-variantlar çiqmasligiga va'da berdi.












