08:57 / 27.07.2017
6626

O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

2017 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi Elchisi Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi TIV rahbariyatiga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Tomonlar uchrashuv davomida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi va uni o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish istiqbollari masalalarini muhokama qilishdi.

Alohida e'tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga 2017 yilning mayidagi davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratildi.

Top