20:16 / 28.07.2017
4628

Hamburgda noma'lum erkak odamlarga pichoq bilan tashlandi

Foto: AP Photo / dpa/Paul Weidenbaum

Germaniyaning Hamburg shahri supermarketlaridan birida pichoq ko‘tarib olgan erkak odamlarga hujum qildi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.

Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi esa jarohat olishdi. Politsiya jinoyatchini qo‘lga olgan.

“Jinoyat sabablari va jabrlanganlarning aniq soni haqida ishonchli ma'lumot yo‘q. Biz xabardor etamiz”, — deyiladi huquq-tartibot xodimining Twitter’dagi sahifasida.

Bild manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, politsiya yana bir erkakni qidirmoqda. Voqea yuzasidan Fulsbuttler ko‘chasining katta qismi qurshab olingan. Voqea joyida qurollangan politsiyachilarni ko‘rish mumkin, osmonda esa vertolyot kuzatuv olib bormoqda. 

 

Mavzuga oid
Top