18:10 / 28.07.2017
20319

Oliy ta'lim vaziri qabul kvotalari haqida: Ehtiyoj bundan ko‘proq 

Foto: "Kun"

Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazirning aytishicha, bu yilgi qabul kvotalari qariyb 10 mingga oshdi. Magistraturaga esa bu yilda 5 ming talabani qabul qilish mo‘ljallangan. 

“Albatta, bu boshlanishi. Bu imkoniyatlarga bog‘liq. Bilasizki, qabul kvotasini belgilash bilan OTMlarning imkoniyatlari mutanosib bo‘lishi kerak. Buning uchun moddiy baza, pedagoglar kerak. Albatta, ehtiyoj bundan ko‘proq. Ayniqsa, biz o‘qishga kirishni xohlovchilarning sonini ko‘rsak. Bu yil qariyb 730 ming abituriyent ariza topshirdi. Bu degani bir o‘ringa respublika bo‘yicha o‘rtacha 11 nafardan to‘g‘ri kelayapti. Ayrim OTMlarda esa 20 dan oshiq. Eng ko‘p arizalar bizda oxirgi yillar Termiz davlat universitetiga. Bu yil esa 36 mingdan ortiq”, - deydi vazir.

Ma'lumot uchun, Inomjon Majidov bilan intervyuning to‘liq shakli birozdan so‘ng taqdim etiladi.

Top