Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili: «Meni fuqarolikdan mahrum qilish – ortdan pichoq urish»
Odessa viloyatining sobiq rahbari Mixail Saakashvili uni Ukraina fuqaroligidan mahrum qilishni ortdan pichoq urish, deb atadi.
«Albatta, bu Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning qo‘rqoqlarcha akti, ortdan turib shunchaki pichoq urish. Bu holatga yuridik jihatdan tushuntirish berish imkonsiz», - deya ma'lum qildi Saakashvili BBC’ga bergan intervyusida.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Ukrainaga qaytish niyatida.
«Ukrainaga qaytaman, sababi kishilarning safarbarligi ro‘y beradi, chunki biz shundoq ham kishilarni kuzda safarbar etish niyatida edik. Kurash ortib borsa va birinchi imkon tug‘ilishi bilan men, albatta, qaytaman va faol ishtirok etaman», - deya qo‘shimcha qilgan Saakashvili.
Avvalroq Saakashvili Ukraina fuqaroligidan nega mahrum etilgani ma'lum qilingandi. Yuliya Timoshenko esa uning fuqarolikdan mahrum qilinishini Kiyev uchun sharmandalik, deb baholadi.
Mavzuga oid
12:08 / 19.02.2026
Yevroittifoq sharqiy chegaralarga yaqin hududlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi
11:26 / 19.02.2026
Ukraina Paralimpiada-2026ga siyosiy boykot e’lon qildi
09:45 / 19.02.2026
TIV rahbari: Vengriya Kiyevga dizel yetkazib berishni to‘xtatyapti
09:27 / 19.02.2026