Ukraina prezidenti ma'muriyatidan ma'lum qilişlariça, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan, uni oliş çoğida haqiqiy bölmagan ma'lumotlar taqdim etgani uçun mahrum qilingan.
«Arizani rasmiylaştiriş çoğida haqqoniy bölmagan ma'lumotlar bölganini aniqlagan va bunga oid aniq dalillarni taqdim etgan Davlat migratsiya xizmati taqdimnomasiga köra, Ukraina prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari böyiça komissiya Saakaşvilining Ukraina fuqaroligini töxtatiş haqidagi murojaatni qöllab-quvvatladi va prezidentga tegişli qaror qabul qiliş böyiça tavsiya berdi. Davlat rahbari tavsiyalar asosida tegişli farmonni imzoladi», - deya prezident ma'muriyati xabarini keltiradi RIA Novosti.
Şuningdek, ma'muriyatdan ma'lum qilişlariça, fuqarolikdan mahrum qiliş haqidagi farmon e'lon qilinmaydi, sababi u şaxsiy ma'lumotlarga ega.
Avvalroq Saakaşvili Ukrainaga qaytişga erişişini aytgandi.












