07:30 / 02.08.2017
5273

AQSh davlat kotibi Manila, Bangkok va Kuala-Lumpurga yo‘l olmoqda

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson shu hafta oxirida Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy muammosini hal qilish va boshqa mintaqaviy masalalarni xalqaro va ikki tomonlama formatda muhokama qilish uchun Manila, Bangkok va Kuala-Lumpurga yo‘l oladi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Xezer Nauert ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Tillerson bu safarda 5-9 avgust kunlari bo‘ladi. U Manilada ASeANning xavfsizlik bo‘yicha mintaqaviy anjumanida, Sharqiy Osiyo sammitining vazirlik yig‘ilishida va boshqa ko‘p va ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etadi. 

“Bu uchrashuvlar vaqtida Tillerson hamkasblari bilan uchrashib, barcha masalalarni, jumladan Koreya yarimorolini qurolsizlantirish, dengizda xavfsizlikni ta'minlash va terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qiladi», deb aytdi Nauert. Uning aytishicha, Tillersonning Tailand va Malayziyaga safari asosan ikki tomonlama masalalarga bag‘ishlanadi. 

Top