13:38 / 02.08.2017
5455

O‘zbekiston 1-yarim yillikda 123,36 mingta kirish vizalarini berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari 2017 yilning birinchi yarim yilligida 123,36 ming xorijiy fuqaroga kirish vizalarini berdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi matbuot xizmati xabar qilgan.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 51,17 ming turistlar va 17,04 ming tadbirkorga viza berilgan.

Shu bilan birga, berilgan turistik vizalar umumiy sonining ortishi kuzatilmoqda – 2016 yil bilan taqqoslaganda 12 foizga o‘sdi (45,34 ming).

Top