Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avvalgi yillarda foydalanilmagan mehnat ta'tili uchun kompensatsiya olish mumkinmi?
SAVOL: Men maktabgacha ta'lim muassasasida 5 yildan buyon bosh hisobchi lavozimida ishlab kelmoqdaman. Lekin shu kunga qadar biror marta mehnat ta'tiliga chiqmaganman, shu sababli foydalanilmagan ta'tilim uchun pullik kompensatsiyani joriy yilda olishim mumkinmi?
I.EShNAZAROV, Toshkent shahri
JAVOB: Yo‘q, Siz foydalanilmagan ta'tilingiz uchun pullik konpensatsiyani joriy yilda ololmaysiz.
Mehnat kodeksining 151-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilingandagina xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Savolga Yunusobod tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi yetakchi yuriskonsulti Nodira TOSheVA javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin
18:54 / 04.12.2023
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
18:39 / 27.06.2023
O‘qituvchilarning ta’tili 56 kun etib belgilandi
17:00 / 10.01.2023