Himolaydagi yo‘l qurilishi tufayli Xitoy va Hindiston munosabatlari sovuqlashmoqda

Xitoy hukumati tomonidan Himolay tog‘ yonbag‘ri atrofida yo‘l qurilishi loyihasi amalga oshirilishi Hindiston bilan munosabatlar keskinlashuviga olib kelmoqda. Hindiston va Xitoy kabi gigant davlat orasida kun kechirayotgan kichik Butan mamlakati bu masala markazida bo‘lib turibdi. Gap shundaki, Xitoy va Butan chegaralari to‘laligicha aniqlanmagan hamda Doklam Platosi ko‘p yillardan beri nizoli hudud hisoblanadi. Endilikda rasmiy Pekin aynan Doklam hududidan o‘tuvchi yo‘l qurilishini boshlamoqda.
Dastlabki e'tiroz Butan tomonidan bildirilgan bo‘lib, bu davlat Xitoyni "xalqaro huquq normalarini ochiq buzish va sanksiyalashtirilmagan yo‘l qurilishini boshlash"da ayblagan. Ziddiyatning asl mohiyati aynan Doklam Platosida yashiringan bo‘lib, agar hudud xitoyliklar tomonidan nazorat qilinsa, Hindiston shimoli-sharqiy shtatlaridagi bufer himoyasini yo‘qotadi va bu ularning geosiyosiy manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Butan va Hindiston xalqlarini uzoq yillik qo‘shnichilik, etnik-madaniy va diniy omillar bog‘lab turadi. Qolaversa, hind harbiy kuchlari Butan yerlarida tez-tez armiya mashg‘ulotlarini o‘tkazib turishi sir emas.
XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kangning aytishicha, Doklam hech qachon Butanga tegishli hudud bo‘lmagan, tarixan bu yerlar Xitoy imperiyasiga qarashli edi.
"Bu yerda qurilish loyihasini boshlashimizning eng asosiy sababi ham shu: Doklam Platosi Butanga tegishli emas, hattoki Hindistonga ham", deydi u. Eslatib o‘tamiz, Xitoy va Butan mamlakatlari o‘rtasida shu kungacha rasmiy diplomatik munosabatlar mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nyu-Yorkda musulmon nomzod demokratlar praymerizida g‘alaba qozondi
Jahon | 09:36
-
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi
Jahon | 09:11
-
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi
Jahon | 09:05
-
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

19:37 / 03.07.2025
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi

11:49 / 03.07.2025
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi

08:03 / 03.07.2025
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi

21:12 / 02.07.2025