00:53 / 06.08.2017
15132

Polyak 20 yoshli britaniyalik modelni o‘g‘irlab, uni internetda sotmoqchi bo‘lgan

30 yoshli polyak Milanda 20 yoshli britaniyalik modelni o‘g‘irlab, uni internetdagi auksionda sotuvga qo‘ygan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayol Italiyaga suratga tushishga kelgan. Fotosessiyani polshalik Lukash Xerba olib borishi kerak bo‘lgan, biroq u taxmin qilinishicha, qizga giyohvand modda bilan ukol qilgan. Shundan keyin yosh ayol hushini yo‘qotgan. Jinoyatchi behush qizni o‘g‘irlab, uni bir hafta davomida yashirin joyda ushlab turgan.

Polyak qizni 300 ming yevroga internetning xufiyona qismi – darknetda sotib, u uchun pullarni bitkoinlarda olmoqchi bo‘lgan.

Xerba qizni o‘g‘irlagandan bir hafta keyin uning ikki farzandi borligini bilib, uni qo‘yib yuborgan. Jinoyatchi ayolni Britaniya konsulligi binosiga olib borgan va u yerda qo‘lga olingan.

Xerba aybini tan olgan. Italiya hukumatining fikricha, Xerba internetda va undagi qora bozorda jinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi "Qora o‘lim" jinoiy guruhining a'zosi bo‘lishi mumkin. 

Top