15:42 / 07.08.2017
40465

Amerikaning taniqli RC Cola brendi endi O‘zbekistonda

3 avgust kuni Toshkentda “RC Cola – asl Amerika ta'mi” brendining O‘zbekistonga kirib kelishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Endilikda RC Cola ichimligi O‘zbekistonda “Family Group” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi.

“RC Cola Launch” tadbirida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim, RC Cola International prezidenti Edmund O Kiffi (Edmund O’Keeffee), RC Cola International marketing bo‘limining vitse-prezidenti Moshi Koen, shuningdek, qator hamkor tashkilotlar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

RC Cola brendi haqida

Royal Crown Cola nomi bilan ham mashhur RC Cola AQShning Jorjiya shtatida 1905 yil Kolumbiyalik farmatsevt Klaud A. Xetcher tomonidan ishlab chiqilgan gazlangan ichimlikdir. Bugungi kunda RC Cola dunyoning 55dan ortiq mamlakatida iste'mol qilinadi. 

O‘zbekistonda  RC Cola “Family Group” MChJ QKning ishlab chiqarish quvvatlari negizida ishlab chiqariladi, buning uchun zavodning ishlab chiqarish sexi kompaniya amal qiladigan xalqaro standartlarga javob beruvchi eng zamonaviy uskuna bilan jihozlangan. Ichimlikni tayyorlash uchun xomashyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShning Jorjiya shtatidan yetkazib beriladi va puxta sifat nazoratidan o‘tkaziladi.

Shoxrux Nizomutdinov, RC Cola’ning O‘zbekistondagi vakili:

“Biz o‘z mahsulotimizni ishlab chiqarishga katta mas'uliyat bilan yondashamiz va gazlangan ichimliklar bozorini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘z oldimizga ulkan maqsadlarni qo‘yganmiz. RC Cola - ko‘p yillardan buyon kola ta'miga ega gazlangan ichimliklarning global bozorida peshqadamlar uchligiga mustahkam ravishda kiruvchi  xalqaro savdo belgisidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda RC Cola International guruhi hamda “Family Group” zavodida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or ishlash mexanizmi yaqindan yordam beradi”.

Moshi Koen, RC Cola International marketing bo‘limining vitse-prezidenti: 

“RC Cola ancha vaqtdan buyon Rossiya, Gruziya,  Tojikiston va MDHning boshqa mamlakatlari bozorlarida mavjud. - Biz “Family Group” kompaniyasi timsolida rivojlangan sotuv tarmog‘iga ega ishonchli hamkorlar topganimizdan mamnunmiz, u bizga O‘zbekiston bozorida tez va samarali ishlashga imkon beradi. Coca-Cola va Pepsi savdo belgilari bilan keskin raqobat masalasini chetlab o‘tishning imkoni yo‘q, ammo bizning asosiy afzalliklarimizdan biri bu an'anaviy amerika kolasinig ta'mini uzoq yillar davomida saqlab kelishimizda, deb hisoblaymiz”.

Taqdimotdan so‘ng barcha yig‘ilganlar Family Group kompaniyasi sexida yangi ichimliklarni ishlab chiqarish yo‘nalishini ochilish marosimiga guvoh bo‘lishdi. Tez kunlarda RC Cola ichimligi O‘zbekistonning barcha hududlarida sotuvga chiqariladi.

Ma'lumot o‘rnida: RC Cola brendining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi natijasida Family Group kompaniyasida yana 200dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Top