13:26 / 07.08.2017
8432

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolashdi. U AQSh Energetika vazirligi huzuridagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha Milliy ma'muriyat (DOE/NNSA) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikni ta'minlaydi, deb xabar bermoqda Uzdaily.uz.

Hujjat AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raimov o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha imzolandi.

Hamkorlik bojxona qo‘mitasining radioaktiv moddalarni aniqlash bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlaydi, bu esa mamlakatda radioaktiv moddalardan xavfsizlikni ta'minlash va kelajakdagi hamkorlik uchun poydevor vazifasini o‘taydi.

Uchrashuv chog‘ida yadroviy va radioaktiv moddalarning noqonuniy savdosini oldini olish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Top