23:52 / 09.08.2017
10957

Andijon kasb-hunar kollejlarida yangi o‘quv yili oldidan seminarlar o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarda  yangi o‘quv yiliga puxta  tayyorgarlik ko‘rish  yuzasidan namunali seminarlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday anjumanlar Andijon industrial-pedagogika hamda Oltinko‘l iqtisodiyot kollejlarida bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari mazkur ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil qilingan auditoriyalar, ustaxonalar, sport inshootlari va boshqa madaniy-maishiy obektlar hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, pedagoglar tomonidan tayyorlangan o‘quv-metodik majmualar taqdimotida ishtirok etib, kollej binosida tashkil etilgan mahalla fuqarolar yig‘ini hamda profilaktika inspektorlarining xizmat xonalaridagi sharoitlar haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.  

O‘tkazilgan seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas'ul xodimi S. Yaqubov ishtirok etib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi xodimlarining yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rishga oid dolzarb vazifalari to‘g‘risida topshiriqlar berdi. 

Seminar davomida ishtirokchilar 8 ta fandan tashkil etilgan namunali mashg‘ulotlarni hamda “Mustaqillik va xotira kuni” darsini kuzatdilar.

Shuningdek, Oltinko‘l iqtisodiyot kolleji professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy ishlaridan namunalar ko‘rgazmasi taqdimot qilindi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid
Top