10:10 / 12.08.2017
15565

Polsha TIV rahbari: Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga Sovetlar Ittifoqi mas'ul bo‘lgan

Sovetlar Ittifoqi Germaniya bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga “jiddiy turtki bergan”. Bu haqda Polsha TIV rahbari Vitold Vashchikovskiy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Rzeczpospolita nashri.

«Shuni yodda tutish lozimki, Sovetlar Ittifoqi Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga jiddiy turtki bergan va Polshaga xuddi Germaniya kabi bostirib kirgan. Shu tariqa, ular Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga mas'uldir», - degan Vashchikovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sovetlar Ittifoqi Ikkinchi jahon urushida “o‘z manfaatini ko‘zlab” ishtirok etgan, sababi o‘zi nemis tajovuzkorligi qurboniga aylangan.

Avvalroq Sovetlar Ittifoqi Hitler urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini hujumdan uch oy oldin bilgani ma'lum qilingandi.

Top