22:33 / 15.08.2017
8360

Istanbul politsiyasi uy tomidan o‘q uzgan kishini qo‘lga oldi

Politsiya Istanbul chekkasidagi turar-joy binosi tomidan o‘q uzgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqida Haberturk telekanali xabar berdi. 

Sadde Gazetesi mahalliy nashr ma'lumotlariga ko‘ra, otishma natijasida yaralanganlar yo‘q, faqatgina binoning pastki qismida turgan mashinalar zarar ko‘rgan. Ma'lum bo‘lishicha, voqea maishiy nizo, taxminan shaxsiy mulkka doir bahslar natijasida kelib chiqqan. 

Bundan avval Istanbulning Essenyurtidagi turar-joy tomiga chiqib olgan kishining atrofga qarab o‘q uzayotgani haqida xabar berilgan edi. Bino yaqinidagi yo‘llar politsiya bilan o‘rab olingan bo‘lgan.

Istanbuldagi uy tomidan noma'lum erkak o‘q uzmoqda

Mavzuga oid
Top