09:43 / 15.08.2017
5098

WP: Trampning maslahatchisi 2016 yilda Putin bilan uchrashuvni tashkil etish taklifi bilan chiqqan

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi – Jorj Papadopulos 2016 yilda, saylovoldi kampaniyasining eng boshida milliarderga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkillashtirishni taklif qilgan. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning saylovoldi shtabi vakillari turli darajalarda deyarli har hafta “ruslarning ular bilan uchrashish bo‘yicha sa'y-harakatlarini” muhokama qilishgan.

Xususan, Papadopulos 2016 yilning martidan Trampning Putin bilan uchrashuvini tashkillashtirishga doir qator elektron maktublar yozgan.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv amalga oshmagan, sababi unga Tramp saylovoldi jamoasining qator yuqori mansabli vakillari qarshi bo‘lgan.

Tramp va Putinning hozircha birinchi va yagona bo‘lib turgan rasmiy uchrashuvi iyul oyida Hamburgdagi G20 sammitida o‘tkazilgan.

Top