12:35 / 16.08.2017
8899

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda uchish-qo‘nish yo‘lagini ta'mirlash yakunlandi 

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida mukammal ta'mirlash ishlari o‘tkazilganidan so‘ng 1-raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi foydalanishga topshirildi. 

Ta'mirlash ishlari davomida 50 ming kvadrat metr keluvchi asfalt qoplamasi almashtirildi. Shuningdek, nur signal beruvchi qurilmani o‘zgartirish bo‘yicha ishlar bajarildi, sun'iy uchish-qo‘nish yo‘lagining yangi o‘q chizig‘i, qo‘nish hududlari va uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirish chiroqlari o‘rnatildi.

Qayd etilishicha, yangi 1-raqamli sun'iy uchish-qo‘nish yo‘lagi parvozlar xavfsizligi ta'minlash bo‘yicha barcha xalqaro talablarga javob beradi.

Mavzuga oid
Top