17:20 / 19.08.2017
30515

Uqubat va bardosh timsoli. Afg‘onistonda bugun mustaqillik kuni (fotojamlanma)

Minglab olim va fuzalo insonlarni yetishtirgan zamin, madaniyat, din va ilm uchrashgan Afg‘oniston bugun, 19 avgust mamlakat mustaqilligining 98 yilligi nishonlamoqda. Bu gapda «mustaqillik» yoki «nishonlamoqda» deyish o‘quvchiga erish tuyulsa kerak. Prezident Ashraf G‘anining Mudofaa vazirligi tasarrufidagi «Mustaqillik minorasi»dan turib tabrik nutqini o‘qishi ham bu achchiq haqiqatdan darak berib turibdi.

Shunga qaramay, Kun.uz ijodiy jamoasi O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisidagi go‘zallikni o‘z o‘quvchilariga havola etmoqda. Sayyohlar va xorijiy fuqarolar yashash joylari doimo jangarilar tomonidan nishonga olib kelingani sababli, bu yerda sayohat qilishni istagan dovyurak kishilar kam topiladi. Ammo uning go‘zalligi betakror, misoli marjonlar tizmasidagi yorqin dona...

Jom va Tajan daryolari birlashgan vodiyda balandligi 65 m keladigan, kufiy yozuvlar bilan bezak berilgan «Jom minorasi» joylashgan. G‘ur viloyatining madaniy markazi sayyohlarni yetarli darajada hayratlantira oladi.

Bomiyon viloyatiga yo‘lingiz tushsa, albatta Bandi Amir Milliy bog‘iga kirib o‘ting. Mineral zaxira boyligi Milliy bog‘dagi beshta ko‘lni qizil yassi tog‘lardan baland qilib, tabiiy damba esa uni saqlab turadi. Ko‘m-ko‘k suv rangi, atrofdagi sarg‘ish rang bilan chiroyli manzara kasb etadi.

Hazrat Ali (r.a.) dafn etilgan maskan, Chingizxon bosqinidan imoratni saqlab qolish uchun tuproq ostiga (!) ko‘milgan «Ko‘k masjid» o‘zining jilosini hech ham yo‘qotmagan.

«Tanklar vodiysi» aynan Panjshir vodiysida joylashgan, sobiq Sovet askarlari bu yerni o‘z kundaligi juda ko‘p eslaydi. Bugun bu joy Afg‘oniston havosi va kelajagidan gapiradi.

Alisher Navoiyning bolaligi o‘tgan ko‘chalar, rivoyat va ertaklarda o‘sha mashhur bozorning shovqini va savdogarlari tarixni ko‘z oldingizda qayta gavdalantirishi aniq.

Afg‘oniston ilk o‘rta asrlar paytida buddizmning keng tarqalgan yurt bo‘lib, Bomiyonda hozirgacha katta buddizm ibodatxonasining qoldiqlari saqlanib qolgan. Albatta, 2001 yil toliblarning vayronkorligi tufayli jiddiy zarar ko‘rgan bino keyinchalik ham qarovsiz qolib ketdi, ammo undan o‘rganish mumkin bo‘lgan bilimlar tarix shinavandalarini o‘ziga jalb etadi. Uning nomi esa xalq orasida Taxti Rustam deb nomlanadi.

Agar sizni sodda kishilar va qadimiy etnik xalqlar qiziqtirsa, Vohan darasidagi tepaliklarga kelishingiz kerak. Pokiston, Xitoy va Tojikiston chegarasida istiqomat qiluvchi vodiy aholisi umuman o‘zgacha hayot tarzi bilan ajralib turadi.

Top