Jahon | 09:20 / 27.08.2017
9412
2 daqiqa o‘qiladi

Makron reytingi keskin pasayib ketdi

Foto: RIA "Novosti"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch darajasi pasayishda davom etmoqda. Bir oy ichida Makron reytingi 14 foizga pasaygan. Bundan Journal du Dimanche nashri buyurtmasiga ko‘ra Ifop markazi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

So‘rovnoma 25-26 avgust kunlari telefon orqali o‘tkazilgan. Unda 1023 kishi ishtirok etgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, avgustda faqatgina 40 foiz fransuzlar Makron faoliyatidan qoniqish bildirganlar. Iyulda Makron ishi 54 foiz so‘ralganlar tomondan ma'qullangan. Ta'kidlanishicha, 57 foiz fransuzlar yangi prezidentga ishonch bildirmayaptilar.

“Emmanuel Makron tantanovor ravishda saylangandan 4 oygina o‘tib ozchilik prezidentiga aylandi”, deb yozmoqda nashr. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Makron reytingining avgustda keskin pasayishi avvalgi oydagi holatning davomidir. Iyulda Makron reytingi 10 foizga pasaygandi.

Nashrning ta'kidlashicha, Makron reytingi undan avvalgi ikki prezident – Fransua Olland va Nikolya Sarkozinikidan ancha tez pasaymoqda. 2012 yilda Ollandning reytingi prezident etib saylanganidan bir necha oy o‘tib bor-yo‘g‘i 2 foizga – 56 foizdan 54 foizga pasaygandi. Sarkozi reytingi esa 2007 yil avgustida aksincha 3 foizga, ya'ni 66 foizdan 69 foizgacha o‘sgandi. 

Mavzuga oid