08:21 / 28.08.2017
8600

Bosfor ko‘rfazida kema ikkiga bo‘linib ketdi

Foto: CNN Turk
Foto: CNN Turk

27 avgustda xorijiy OAV Bosfor ko‘rfazida yuk kemasining falokatga uchragani haqida xabar qildilar. Aniqlanishicha, Mo‘g‘uliston bayrog‘i ostida suzayotgan “Leonardo” yuk kemasi Istanbulning  Sariyer tumani yaqinida ikkiga bo‘linib ketgan.

Falokat vaqtida 114 metrlik kema bortida 11 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi quruqlikka yetkazilgan. Kemaning orqa qismi ekipajning bir qismi bilan birga shatakchi yordamida sohilga olib chiqilgan. Uning Qora dengizda suzib yurgan ikkinchi qismini olib chiqish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilgan.

Foto: CNN Turk

Mavzuga oid
Top