11:54 / 30.08.2017
22275

Gulistonda Xalq banki Sirdaryo viloyat filiali qurib bitkazildi

Foto: Xalq banki

Guliston shahar Xondamir ko‘chasida 3 qavatli Xalq banki Sirdaryo viloyat filiali qurib bitkazildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar bergan.

Bankning tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev va boshqalar Prezident tomonidan bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritdi. 

Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov Sirdaryo viloyatida ko‘plab yangi va zamonaviy inshootlar qatorida Xalq banki Sirdaryo viloyati filialining ham qurib bitkazilishi sirdaryoliklarga ulkan faxr baxsh etganini, Xalq banki yangi binosining ro‘parasida maftunkor amfiteatrning qurib bitkazilishi esa chin ma'noda Mustaqillikning 26 yilligiga to‘yona bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Foto: Xalq banki
Foto: Xalq banki

Bugungi kunda ushbu viloyatda Xalq bankining 10 ta filial faoliyat ko‘rsatib,  ularda 435 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. 

Sirdaryo viloyatidagi Xalq banki filiallarining 7 tasi kapital ta'mirlangan bo‘lsa, 2015 yilda Sardoba filiali, 2017 yilda Xovos filiallari zamonaviy ko‘rinishda yangitdan qurilib, ishga tushirildi. 

Foto: Xalq banki
Foto: Xalq banki
Foto: Xalq banki
Mavzuga oid
Top