10:21 / 31.08.2017
14919

Vashingtonda tashqi qiyofasi Trampni eslatuvchi puflangan kalamush paydo bo‘ldi

Foto: Reuters/Kevin Lamarque

Vashington markazidagi xiyobonda tashqi qiyofasi AQSh prezidenti Donald Trampga o‘xshash bo‘lgan puflangan kalamush o‘rnatildi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, o‘ziga xos qo‘g‘irchoqning muallifi rassom Jon Post Lidir.

«Men muhim nimanidir qilmoqchi edim. Bu inson o‘zini qanday tutayotganini ko‘rsatishga harakat qildim», - dedi u.

Avvalroq Oq uy yonida Trampga o‘xshash ulkan puflangan jo‘ja shakli o‘rnatilgani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid
Top