Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Islom Karimov haykali ochilishida ishtirok etdi
2 sentabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali ochildi. Tadbirda ishtirok etish uchun Samarqandga mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, davlat rahbari dastlab Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi.
Birinchi Prezidentga haykal Registon maydoni yonidagi xiyobonda, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadon yaqinida o‘rnatilgan. Haykalni Shavkat Mirziyoyev va Tatyana Karimova ochib bergan. Ular haykal poyiga gul qo‘yib, Islom Karimovning xotirasiga hurmat bajo keltirgan, O‘zbekiston Davlat madhiyasi yangragan.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan xonadonga ham tashrif buyurgan. Qur'on tilovat qilinib, elga ehson dasturxoni yozilgan.
31 avgust kuni Toshkent shahrida Birinchi Prezidentning haykali ochilgan edi.
Foto: Samarqandda Islom Karimov haykali >>>
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025