18:00 / 03.09.2017
10362

«MYu» futbolchilari soliq bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlanmoqda

«Manchester Yunayted»ning kamida ikki nafar futbolchisi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya soliq va bojxona to‘lovlarni yig‘ish xizmati (HMRC) futbolchilarning o‘z imij huquqlaridan topgan daromadlari bo‘yicha soliqlarni qanchalik to‘lagani ustidan tekshiruv o‘tkazadi.

Hozirgi kunga kelib, APLda jami 200 nafarga yaqin futbolchilar shubha ostiga olinmoqda va ularning soni borgan sari o‘sib borishi mumkin.

Tekshiruv ishlari, ularning soliqlarni kamaytirishga ko‘maklashuvchi turli tashkilotlar bilan hamkorlik qilgani bo‘yicha bormoqda.

Hozircha aynan qaysi «MYu» futbolchilari bilib turgan holda soliqlarni to‘lamagani ma'lum emas. Futbolchilardan biriga yaqin bo‘lgan manba bu ish bilan tegishli tashkilot ish olib borayotganini tasdiqlagan.

Top