09:08 / 04.09.2017
8220

Bo‘stonliqda ota mast holda o‘g‘liga pichoq urdi

Joriy yilning 18 avgust kuni soat 21.30 larda, Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan A.O. mast holda uyiga kelib, o‘zaro janjal oqibatida o‘g‘li 1992 yilda tug‘ilgan N.O.ni chap tomon ko‘krak qismiga 1 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Hodisa natijasida N.O. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Qilgan xatti-harakatlari uchun A.O. ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib bormoqda.

Top