23:55 / 05.09.2017
10076

Yer yonidan uchib o‘tgan Florens asteroidining ikkita yo‘ldoshi borligi aniqlandi

NASA’ning samo jismlarini o‘rganuvchi markazida 1 sentabrda sayyoramiz yonidan xavfli yaqin masofada uchib o‘tgan tarixdagi eng katta asteroid ikkita yo‘ldoshga egaligini aniqladilar.

Astronomlarning fikricha, Florens asteroidining yo‘ldoshlari o‘lchamlari 100 metrdan 300 metrgacha keladi.

Ta'kidlanishicha, Florens fanga ma'lum bo‘lgan 16400 asteroiddan ikkita yo‘ldoshga ega bo‘lgan uchinchi asteroid bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top