Mirziyoyevga Qirg‘izistonga tashrifda kimlar hamrohlik qilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5 sentabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.
Qirg‘iziston mahalliy nashrlarining xabar berishicha, O‘zbekiston delegatsiyasidan quyidagi shaxslar o‘rin olgan:
1. Xayriddin Sultonov – prezidentning davlat maslahatchisi
2. Sodiq Safoyev – Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari
3. Ochilboy Ramatov – bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi
4. Abdulaziz Komilov – tashqi ishlar vaziri
5. Elyor G‘aniyev – tashqi savdo vaziri
6. Komil Rashidov – O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi
7. Zelimxon Haydarov – prezident Devoni ishlari boshqaruvchisi
8. Alisher Payg‘amov – prezident Devoni Ijro sektori mudiri
9. Abdurahim Mo‘minov – prezident Xavfsizlik xizmat boshlig‘i v.b.
10. Vladimir Norov – prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti direktori
11. Rahmonbek Usmonov – Toshkent shahri hokimi
12. Shuhratbek Abdurahmonov – Andijon viloyati hokimi
13. Xayrullo Bozorov – Namangan viloyati hokimi
14. Shuhrat G‘aniyev – Farg‘ona viloyati hokimi
15. Ulug‘bek Ro‘zuqulov – «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bosh direktori
16. Ilhom Ne'matov – TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi
17. Adham Ikromov – Savdo-sanoat palatasi raisi
18. To‘lqin Abdullayev - Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
19. Nosirbek Usmonbekov – Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari
20. Dilmurod Rahmatullayev – Andijon shahri hokimi.
Bundan tashqari, delegatsiyaga davlat idoralari, xavfsizlik xizmati xodimlari, shifokor va oshpaz kirgan.
Qirg‘iziston delegatsiyasidan esa ikki davlat prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida mamlakat tashqi ishlar vaziri, O‘zbekistondagi elchi, bosh vazir o‘rinbosari, prezident maslahatchisi, transport va yo‘llar vaziri, iqtisodiyot vaziri, Qirg‘iziston hukumatining chegara masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Bishkek shahri hokimi, O‘sh shahri hokimi, «Milliy energetik holding kompaniya» boshqaruvi raisi, strategik tadqiqotlar milliy instituti direktori, mamlakat savdo-sanoat palatasi prezidenti kabi shaxslar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024