16:10 / 05.09.2017
17562

"Zorro" seriali aktyori Richard Anderson hayotdan ko‘z yumdi

Foto: © Vikipediya

Beverli-Xillz (AQSh)da 92 yoshida taniqli aktyor, "Zorro" seriali yulduzi Richard Anderson hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida The Independent xabar berdi. 

Mashhur aktyorning o‘limi haqidagi ma'lumotni uning rasmiy vakili Jonatan Teylor tasdiqladi. U Richard Anderson hayotining so‘nggi onlarini o‘zining Beverli-Xillzdagi uyida oila davrasida o‘tkazgan. 91 yoshli aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.

Richard Anderson "Zorro", "Alfred Xichkok vaqti", "Charli farishtalari" va boshqa teleseriallardagi rollari orqali tanilgan. Bundan tashqari, amerikalik aktyor o‘z ijod yo‘li davomida o‘nlab filmlarda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.

Top