O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5 sentabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga keldi.

Foto: K-news

«Manas» xalqaro aeroportida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarini Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev kutib oldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

O‘zbekiston delegatsiyasi

O‘zbekiston delegatsiyasidan prezidentning davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, prezident Devoni ishlar boshqaruvchisi Zelimxon Haydarov, prezident Xavfsizlik xizmat boshlig‘i v.b. Abdurahim Mo‘minov, prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti direktori Vladimir Norov, Toshkent shahri, Andijon viloyati, Namangan viloyati, Farg‘ona viloyatlari hokimlari, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bosh direktori Ulug‘bek Ro‘zuqulov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Nosirbek Usmonbekov kabilar o‘rin olgan.

Bundan tashqari, delegatsiyaga davlat idoralari, xavfsizlik xizmati xodimlari, shifokor va oshpaz kirgan.

Tovar aylanmasi – yarim yilda 170 mln dollar

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Bishkekda qirg‘iz-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Marat Sharshekeyevning o‘z chiqishida ta'kidlashicha, 2017 yilning birinchi yarim yilligida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi taxminan 170 mln dollarni