Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: Xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Davlat rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va qirg‘iz xalqini yaqinda nishonlangan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi.
Xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz. Aynan mana shu munosabatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu davlatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta'kidladi.
Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026