Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev taklifiga binoan 5 sentabr kuni davlat taşrifi bilan Bişkek şahriga keldi. Bu haqda ÖzA xabar bergan. 

«Manas» xalqaro aeroportida rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Davlat rahbarini Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev kutib oldi. Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Özbekiston va Qirğiziston davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan ötdilar. 

Oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston va Qirğiziston örtasida özaro munosabatlarni rivojlantirişning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş istiqbollari, mamlakatlarning çegaraoldi hududlari aloqalarini faollaştiriş, şuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilinişi kutilmoqda. 

Muzokaralar yakunlari böyiça ikki davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti, Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasi haqidagi şartnoma, mamlakatlar örtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan boşqa qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.