Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga taşrifi doirasida Bişkekda qirğiz-özbek biznes-forumi bölib ötmoqda.
Özbekistondan Taşqi savdo vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Savdo-sanoat palatasi va 20dan ortiq kompaniya vakillari kelgan.
Qirğiziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Marat Şarşekeyevning öz çiqişida ta'kidlaşiça, 2017 yilning birinçi yarim yilligida ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi taxminan 170 mln dollarni taşkil etdi, bu 2016 yilning 1-yarim yilligi bilan taqqoslaganda ikki barobarga köp.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning umid qilişiça, 2017 yil yakuni böyiça ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi hajmi 500 mln dollarga yetadi.
Biznes-forumda Qirğiziston sarmoyaviy imkoniyatlari, Özbekiston investitsiyaviy va erkin iqtisodiy zonalari salohiyati taqdimoti ötkaziladi, şuningdek, ikki davlat kompaniyalari örtasida kooperatsion birja bölib ötadi.
Forumda ta'kidlaşlariça, Özbekistondan quriliş, oziq-ovqat, qayta işlaş, sanoat va kosmetik sohadagi kompaniyalar vakillari kelgan.











