Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva va Seul KXDR bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirmoqchi
Foto: RIA Novosti
Rossiya va Janubiy Koreya KXDR bilan birgalikda iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor. Bu haqda ikki davlat yetakchilari Vladimir Putin va Mun Chje In Sharqiy iqtisodiy forumdagi ikki tomonlama muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru.
«Biz ikki Koreya va Rossiya ishtirokida uch tomonlama loyihalarni amalga oshirish uchun asosni mustahkamlashga kelishib oldik, ular Koreya yarim oroli va Rossiya Uzoq Sharqini birlashtiradi», - deya ma'lum qildi Janubiy Koreya yetakchisi.
Putin Moskva uch tomonlama hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nafaqat iqtisodiy jihatdan foydali, balki «Koreya yarim orolidagi ishonch va barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilishini» ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Putin Rossiya KXDRning yadro maqomini tan olmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026