Jahon | 01:11 / 06.09.2017
7720
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShdan barcha noqonuniy muhojirlarni haydab chiqarmoqchi

Foto: Michael B. Thomas / Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp yoshlik chog‘ida AQShga kirgan barcha noqonuniy muhojirlarga yashash huquqini beruvchi qarorni bekor qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

“Men ko‘pchiligi yoshi katta odamlar bo‘lib ketgan bolalarni, ota-onalari qilmishlari uchun jazolamoqchi emasman. Biroq biz qonuniy davlat bo‘lganimiz sababli imkoniyatlar davlati ham ekanligimizni anglashimiz kerak”, deb aytgan Tramp.

Trampning ta'kidlashicha, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama kongress ruxsatini chetlab o‘tib, noqonuniy muhojirlar tomondan fuqarolikning olinishi tartibini qabul qilgan. “Agar ijrochi hokimiyat o‘zi istagancha qonunlarni bekor qila olsa yoki qayta yoza olsa, unda migratsiya qonunchiligi islohotini qabul qilishning imkoni yo‘q”, deb aytgan Tramp. 

Mavzuga oid