Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi
Foto: AKIpress
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Almazbek Atamboyev muzokaralar yakunida qator hujjatlarni imzolashdi.
Xususan, prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomani imzoladilar.
Bundan tashqari, Andijon va O‘sh, Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida,
ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida,
Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida,
Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar,
Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi,
Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa muhim hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
19:27 / 21.02.2026
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
19:46 / 16.02.2026
Sadir Japarov qanday qilib hokimiyatga kelgandi?
15:38 / 16.02.2026