21:00 / 10.09.2017
26094

BMW X7 yo‘ltanlamasi rasman taqdim qilindi

BMW kompaniyasi o‘zining eng katta krossoveri BMW X7 iPerformance’ni taqdim qildi. Avtomobilning ommaviy ilk namoyishi 12 sentabrda Frankfurt avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Mashinaning seriyali ishlab chiqariluvchi nusxasi keyingi yilda paydo bo‘ladi.

Concept BMW X7 iPerformance o‘lchamlari keltirilmagan. Xorijiy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yangi mashinaning uzunligi 5020 mm ni – BMW X5’nikidan 113 mm uzunroqni tashkil qiladi. Shuningdek, mashinaning eni 2020 mm (+82 mm) ni, balandligi 1800 mm (+37 mm), g‘ildiraklar bazasi 3010 mm ni (+76 mm) tashkil qiladi. Avtomobilga 23 dyuymli disklar o‘rnatilgan.

Kontsept ingichka lazer chiroqlar, tajovuzkor bamper va radiator panjarasida katta teshiklar olgan. Mashinaning bir nechta rasmiy surati internetga chiqib ketgan va ko‘plab foydalanuvchilar mashinaning old qismi bezalishini tanqid qilishgan. Mashinaning seriyali nusxasida tashqi ko‘rinish o‘zgarishga uchrashi mumkin.

Mashinada 6 t o‘rindiq bor, biroq seriyali modelda 7 ta o‘rindiq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Mashinaning har bir o‘rindig‘i individual tarzda sozlanadi. Asboblar paneli o‘rniga 12,3 dyuymli ekran joylashtirilgan. U vizual ravishda multimedia tizimining tachskrini bilan birlashtirilgan.

Birinchi qator o‘rindiqlari suyanchig‘i orqa tomonida katta planshetlar o‘rnatilgan.

Mashina gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Uning xarakteristikasi oshkor qilinmagan. Taxmin qilinishicha, mashinaning motorlari orasiga biturbirlangan, 340 va 445 ot kuchiga ega V6 3.0 va V8 4.4 benzin dvigatellari kiradi.

Suratlar manbasi:kolesa.ru

Mavzuga oid
Top