14:40 / 14.09.2017
7135

Bir guruh voyaga yetmagan shaxslar talonchilik sodir etishdi

Angren shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan A.E. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 15 avgust kuni soat 02.30 larda Angren shahri 5/5-dahasi hududida noma'lum shaxslar kuch ishlatish yo‘li bilan yonida bo‘lgan «Samsung» rusumli uyali telefonni tortib olib ketganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi bir guruh yosh yigitlar va voyaga yetmagan o‘smirlar sodir etganligi ma'lum bo‘ldi. Voyaga yetmaganlar, Angren shahridagi 18-maktabning 9-sinf o‘quvchisi X.Yo., Angren transport kasb xunar kollejini 1-bosqich o‘quvchisi B.O., Angren Tibbiyot kasb xunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi K.Q., Angren shahardagi 14-maktabning 9-sinf o‘quvchisi U.N., Angren shahardagi 14-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Q.N., Angren Akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi X.N. hamda Angren shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz J.S.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlandilar. 

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respubliksi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida «Samsung» rusumli uyali telefon olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top