Facebook rahbari 2015 yilni adabiyot yili sifatida qayd etdi. Mark Tsukerberg 365 kun mobaynida mediaparhezga rioya qildi va oyiga kamida ikki kitobdan mutolaa qilishga harakat qildi. Agar ilmiy adabiyotni yaxshi ko‘rsangiz, quyidagi kitoblarga e'tiboringizni qaratishingiz mumkin:

 

1. «Sapiens. Insoniyatning qisqa tarixi», Yuval Noy Xarari

Foto: Layfxaker

"Yuz ming yil ilgari Yerda odamlarning olti turi bo‘lgan. Yuval Noy Xararining kitobi qanday qilib Homo sapiens'ning omon qolgani va hozirgi rivojlanish bosqichiga yetib kelgani haqida so‘z yuritadi.

"Sapiens'da menga inson hayotida din evolyutsiyasi haqidagi bob yoqadi. Bu men chuqurlashishni istagan mavzu", - deb yozadi Tsukerberg A Year of Books sahifasida.

 

2. «On Immunity», Eula Biss

Foto: Layfxaker

Yevropa va AQShda emlashga qarshi ijtimoiy harakatning mashhurligi Eulu Bissni emlashning haqiqiy foydasini o‘rganishga undadi. U tadqiqotlar natijalarini 2014 yilda «On Immunity» kitobida bayon qildi. Bu kitobni Tsukerbergga olimlar va sog‘liqni saqlash sohasida ishlovchi do‘stlari tavsiya qilishgan.

«On Immunity» emlashga qarshi kishilar bilan dalillarga asoslanib bahsga kirishadi va bu jarayonning naqadar muhimligi, ularning qanday qilib odamlarni yuqumli kasalliklardan himoyalashi va mustahkam salomatlik asosi ekani haqida so‘z yuritadi.

 

3. «O‘yinchi», Ien Benks

Foto: Layfxaker

Ien Benks tomonidan 1988 yilda yozilgan «O‘yinchi» - ilmiy-fantastik roman. Bu asar insoniyat Koinotni zabt etgan va superintellektual robotlar tufayli ertaknamo boylikni qo‘lga kiritgan  taqdirda nimalar ro‘y berishi mumkinligi haqida so‘zlaydi.