12:30 / 14.09.2017
5441

Polshalik sayyohlarga viza berish soddalashtirildi 

Foto: Travel Europe

Prezident «Polsha Respublikasi turistlari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi
 
Norma.uz’ning yozishicha, kelasi yilning boshidan O‘zbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyurayotgan Polsha fuqarolariga 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kirish vizalari 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Hujjatlarni qabul qilish kuni ushbu muddatga kiritilmaydi.
 
Shuningdek, ular uchun sayyohlik vaucherlari va respublika turistik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. E'lon qilingan hujjatda TIVga tegishli topshiriq keltirilgan.

Mavzuga oid
Top